O‘zbekiston | 17:42 / 16.12.2024
2156
2 daqiqa o‘qiladi

7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasi tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlarini aniqladi.

Raqobat qo‘mitasi maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga va murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonunbuzilish holatlari aniqlangani haqida xabar berdi.

Jumladan,

- Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik;

- Farg‘ona viloyati Quva tuman tibbiyot birlashmasining 2 ta 340 mln so‘mlik;

- Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyining 212 mln so‘mga yaqin;

- Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax filialining 318 mln so‘mdan ortiq;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar “Qum ovul” MFYning 257 mln so‘mga yaqin;

- Sirdaryo viloyati «Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi»ning 3 ta 4,2 mlrd so‘mga yaqin;

- Navoiy viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 3 ta 1,1 mlrd so‘mlik;

- Namangan viloyati Namangan tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 309 mln so‘m ortiq;

- Toshkent viloyati Bekobod shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 283 mln so‘mga yaqin bo‘lgan eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Shuningdek, tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlangan.

Raqobat qo‘mitasining o‘rganish natijalariga ko‘ra, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida buyurtmachilar tomonidan tanlov savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilingan.

Mavzuga oid