Toshkent viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd Damas’ni urib yubordi
Holat Dalaguzar - Nazarbek temiryo‘l kesishmasida ro‘y bergan.
Dalaguzar - Nazarbek temiryo‘l kesishmasida poyezd Damas avtomashinasini urib yubordi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” ma’lum qilishicha, voqea 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi taqiqlovchi belgilarga e’tibor bermay, noqulay ob-havo sharoitida temiryo‘lni kesib o‘tishga harakat qilganida avtomashina temiryo‘llarga tiqilib qolgan.
Damas egasi va boshqa avtomashinalar haydovchilari bilan birgalikda mashinani surishga harakat qilgan, ammo buning iloji bo‘lmagan.
Yuk poyezdi mashinisti relsda tiqilib qolgan mashinani ko‘rib, darhol shoshilinch tormozlashni faollashtirgan Biroq yuk poyezdining 800 metrdan 1000 metrgacha bo‘lgan tormoz masofasi hisobga olinsa, to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan.
Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid
22:37 / 11.01.2025
Strasburg Markaziy vokzalida ikki tramvay to‘qnashib ketdi
10:43 / 11.01.2025
Toshkent metrosiga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi
12:13 / 06.01.2025
Yangi yilning birinchi kunida Xitoyning Sian shahridan Toshkentga yuk poyezdi jo‘natildi
08:41 / 06.01.2025