Qirg‘iziston bosh vaziri korrupsiya tufayli iste’foga chiqarilgan bo‘lishi mumkin
Oqilbek Japarovning iste’fosi Soliq qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosari hibsga olingani fonida ro‘y berdi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, sobiq bosh vazir «biror narsaga aloqasi borligi uchun ketgan, shunchaki ketmagan».
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi sobiq rahbari Oqilbek Japarovning «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» iste’foga chiqishiga izoh berdi.
Unga ko‘ra, bu haqdagi qarorni prezident qabul qilgan.
«Oqilbek Usenbekovich tajribali inson bo‘lib, davlat uchun ko‘p xayrli ishlarni qilgan. Biz prezident qarorlarini muhokama qilmaymiz», dedi u.
Shu bilan birga, jurnalistlar sobiq bosh vazirni Qirg‘iziston Davlat soliq xizmatidagi korrupsiyaga aloqasi bor-yo‘qligi haqida so‘rashdi. Qamchibek Tashiyev shunday javob berdi: «Biror narsaga aloqasi borligi uchun ketdi. Shunchaki ketmadi».
6 dekabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Davlat soliq xizmati raisi Oltinbek Abduvapov va uning o‘rinbosari Islombek Qidirg‘ichevni qo‘lga olgan edi. Ular korrupsiya sxemalariga aloqadorlikda va mansab vakolatlarini suiiste’mol etishda gumonlanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlik elektron yuk-xatlari bilan bog‘liq. Noqonuniy harakatlar yakka tartibdagi tadbirkorlarga katta hajmdagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, real daromadlarni yashirish va mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazish imkonini bergan.
Mavzuga oid
18:02
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024