O‘zbekiston | 15:00 / 18.12.2024
8009
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Asakabank Hyundai Capital va ADM Global bilan hamkorlikda avtomoliyalashtirishda yangi davrni boshlamoqda

13 dekabr kuni Toshkent shahrida Asakabank, Hyundai Capital va ADM Global vakillari o‘rtasida avtomoliyalashtirish sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida mazkur jarayonlarini soddalashtirish, mijozlar uchun yanada qulay va innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Asakabank

Hyundai Capital va ADM Global kompaniyalari xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston bozorida avtomoliyalashtirishni yangi bosqichga ko‘tarish uchun o‘z yordamini taklif qildi. Bunda Asakabank'ning ushbu yo‘nalishdagi yetakchilik roli alohida ta’kidlandi.
“Biz innovatsion IT infratuzilmamiz va malakali jamoamiz orqali dunyodagi eng zamonaviy moliyaviy yechimlarni O‘zbekistonda joriy etishga tayyormiz”, - dedi Asakabank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bekzod Tangmatov.

2025 yilda ushbu hamkorlik doirasida amaliy qadamlar tashlanadi. Jumladan, moliyalashtirish jarayonini yanada shaffof va qulay qilishga yo‘naltirilgan mexanizmlar ishlab chiqiladi.

Mazkur tashabbus orqali aholining avtomobil sotib olish imkoniyati oshishi kutilmoqda. Bundan tashqari, mijozlarga avtomobillarni xarid qilishda yanada yengil va tezkor yechimlar taqdim etiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid