Jahon | 17:34 / 18.12.2024
3406
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp dastlab million migrantni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV

Qo‘shma Shtatlarda 11 million noqonuniy migrant bor, Tramp birinchi bosqichda ularning bir qismini deportatsiya qilmoqchi.

Foto: Getty Images

AQSh yangi saylangan prezidenti Donald Tramp deportatsiya siyosatini amalga oshirishning birinchi bosqichida bir million migrantni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda, deb yozdi Bloomberg masaladan xabardor manbalarga tayanib.

Tramp allaqachon Meksika va Salvador rasmiylari bilan migrantlar muammosini muhokama qilgan, biroq unchalik batafsil emas.

Shuningdek, Trampning o‘tish davri guruhi Meksika va Salvador hukumatlaridan prezidentning ommaviy deportatsiya rejasi bo‘yicha chiqarib yuborilishi kerak bo‘lgan millionlab hujjatsiz migrantlarni qabul qilishni yopiq kanallar orqali so‘ragan.

«Bu suhbatlar Tramp o‘zining deportatsiya siyosati bilan bog‘liq muammoni hal qilishga qaratilgan: Qo‘shma Shtatlardagi 11 million noqonuniy migrantning ko‘pini deportatsiya qilish uchun boshqa davlatlar ularni qabul qilishi kerak», deb tushuntirdi nashr.

Maslahatchilarning ta’kidlashicha, Tramp ishni jinoyat sodir etgani yoki apellyatsiya yoki boshpana berish jarayonidan keyin deportatsiya qilish to‘g‘risida qarorga ega bo‘lgan, mamlakatda qolish uchun hech qanday sabab yo‘q 1 million odamdan boshlaydi.

Shu bilan birga, Meksika deportatsiya qilinganlardan faqat o‘z fuqarolarini qabul qilishga tayyorligini allaqachon ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, Migratsiya siyosati instituti tomonidan to‘plangan ma’lumotlar so‘nggi 10 yil ichida Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilinganlarni qabul qilgan o‘nta davlat Lotin Amerikasida ekanligini ko‘rsatadi. Birgina Meksikaning o‘zi kamida 1,7 million kishini qabul qilgan, bu boshqa to‘qqiz mamlakatni jamlagandan ko‘ra ko‘proq.

Mavzuga oid