O‘zbekiston | 09:45 / 18.12.2024
7431
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lga noqonuniy to‘siqlarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Aholi tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilari harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlarni va boshqa qurilmalarni o‘rnatish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.

Foto: Avito

17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasi bilan trotuarlar, piyoda va velosiped yo‘lkalari hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlarda avtotransport vositalarini yurgizishning (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.

Aholi tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlarni va boshqa qurilmalarni o‘rnatish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi nomi va birinchi dispozitsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, haydovchilarning transport vositalarida trotuar, velosiped va piyodalar yo‘laklarida, yashil maydonlarda harakatlangani uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi nomi va birinchi qismi dispozitsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, yo‘llarda noqonuniy to‘siqlar o‘rnatganlik, to‘sib qo‘yganlik, yo‘l harakati ishtirokchilariga to‘sqinlik qiluvchi boshqa qurilmalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Mavzuga oid