AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan BMB Opera Zafferano korxonasiga za’faron mahsulotining AQShga eksport qilish imkoniyatini beradigan FDA ruxsatnomasi taqdim etilgan edi.
Endilikda ushbu ruxsatnoma muddati uzaytirildi.
Shuningdek, za’faron plantatsiyasida mahsulotni ekish, yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, terib olish, qayta ishlash va saqlash, qadoqlash jarayonlari to‘liq o‘rganib chiqilgandan so‘ng BMB Shifo korxonasi ham mazkur hujjatga loyiq deb topildi.
FDA (Food and Drug Administration) – AQShning oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy, kosmetika, biologik mahsulotlarning xavfsizligi va samaradorligini nazorat qiluvchi davlat agentligidir. Ushbu tashkilot mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligini va belgilangan standartlarga mosligini ta’minlaydi. FDA ruxsatnomasi — mahsulotning AQSh bozorida qonuniy ravishda savdoga chiqarilishi uchun zarur bo‘lgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
22:37 / 09.12.2024