O‘zbekiston | 11:53 / 20.12.2024
2083
2 daqiqa o‘qiladi

21 dekabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin

O‘zgidromet 21 dekabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-7, kunduzi 0...+2 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -7...-12, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -12...-17, kunduzi -3...-8 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid