Jahon | 09:35 / 21.12.2024
2410
2 daqiqa o‘qiladi

DHL samolyoti qulashi: Litva tashqi ta’sir belgilarini ko‘rmayapti

Parvoz ma’lumotlarini qayd qiluvchi va registratordan olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, DHL samolyoti bilan sodir bo‘lgan hodisaga tashqi aralashuv sabab bo‘lmagan, deya xabar beradi Litva tergovi.

Foto: Lukas Balandis via REUTERS

Germaniyaning DHL logistika konserni yuk samolyotining 25 noyabr kuni Vilnyusga qattiq qo‘nishi sababi tashqi aralashuv bilan bog‘liq emas. Bu haqda 20 dekabr, juma kuni parvoz ma’lumotlarini qayd qiluvchi va registrator ma’lumotlarini o‘rgangan Litva tergov organlarining xulosalariga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.

«Parvoz ma’lumotlarini yozib oluvchi va ovoz yozish moslamasidan olingan ma’lumotlarning dastlabki tahlili havo qatnoviga noqonuniy aralashuvni aniqlamadi», — deyiladi Litva Adliya vazirligi va Vilnyusdagi Bosh prokuratura bayonotida. Ta’kidlanishicha, ushbu tahlil hozirda mavjud tergov xulosalarini tasdiqlaydi.

Litva diversiya belgilarini ko‘rmayapti

Litva DHL yuk samolyoti halokatiga diversiya sabab bo‘lganligi haqida hech qanday ma’lumot topmadi va texnik muammolarni ko‘proq tushuntirish deb hisoblaydi, deya xabar qildi 27 noyabr kuni rasmiy shaxslar. «Hozirda bizda bor narsalarni inobatga oladigan bo‘lsak, bu qo‘poruvchilik bo‘lishi mumkinligiga ishonish uchun asos yo‘q», — deya Litva mudofaa vaziri Laurinas Kaschyunasning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vizual tahlillar qo‘nayotgan samolyotga hech qanday tashqi ta’sir ko‘rsatilmaganini ko‘rsatdi, omon qolgan ekipaj a’zolari bilan suhbatlar esa falokatdan oldin bortda hech qanday tartibsizlik yoki bezovtalik bo‘lmaganini, tutun va hid qayd etilmaganini aniqlashtirgan.

Inqirozlarni boshqarish milliy markazi rahbari Vilmantas Vitkauskasning aytishicha, tergovchilar hamon hodisaning texnik sababini izlamoqda. «Agar biz ko‘proq ma’lumot olsak, yo‘nalishni o‘zgartirishimiz mumkin, ammo hozir bizda u yo‘q», dedi u jurnalistlarga.

Mavzuga oid