Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Pekindagi elchixonasi diplomatlarining sa’y-harakatlari bilan XXRda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi.
O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi diplomatlari tomonidan Xitoy bilan olib borgan muzokaralari natijasida mamlakatda murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, 11 nafar o‘zbekistonlik xotin-qiz XXRda vaqtincha istiqomat qilishi davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan.
Fuqarolarga elchixona tomonidan konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularning barchasi Xitoy tomoni va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Pekindagi vakolatxonasi bilan muvofiqlashtirilgan holda Pekin—Toshkent yo‘nalishida 22 dekabr kuni O‘zbekistonga yetib kelgan.
«Xitoyning sohaga aloqador vazirlik va idoralari bilan yaqin ishchi hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, bundan keyin ham ushbu mamlakatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qoladigan vatandoshlarga sifatli huquqiy yordam va tezkor konsullik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar davom ettiriladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan yosh oila O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:07
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024