Jamiyat | 11:31 / 26.12.2024
1301
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda huquqlari buzilgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

O‘zbekiston diplomatlari Olmaota shahrida vaqtincha ishlayotgan o‘zbekistonlikning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashdilar.

Foto: "Dunyo" AA

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik U.A. O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan hujjatlarini qaytarish va ishlab topgan pullarini olishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Diplomatlar ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazdilar. Natijada, vatandoshning hujjatlarini qaytarilishi va uning ishlagan davridagi maoshini to‘lab berilishi ta’minlandi.

Vatandoshga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, u Olmaota shahridagi Oltin O‘rda avtovokzalidan Toshkentga kuzatib qo‘yildi.

Mavzuga oid