2024 yilda o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan qiymati qanday o‘zgardi?
Joriy yilda o‘zbek so‘mining Amerika valutasiga nisbatan qadrsizlanishi 4,47 foizni tashkil etdi.
2024 yilda o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi o‘tgan yilga nisbatan sekinlashdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida 1 AQSh dollarining qiymati 12 ming 352 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil yakunida bu ko‘rsatkich 12 ming 904 so‘m bo‘ldi. Yil davomida milliy valuta 552 so‘m yoki 4,47 foizga zaiflashdi.
Ma’lumot uchun, so‘m 2022 yilda 3,94 foizga, 2023 yilda esa 9,7 foizga qadrsizlangandi.
2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13 250 so‘mdan hisoblangan. Bu ko‘rsatkich 2026 yil uchun 13 725 so‘m, 2027 yil uchun 14 150 so‘m bo‘lishi prognoz qilinyapti.
S&P xalqaro reyting agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan o‘rtacha kursi keyingi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi mumkin.
- 2025 yilning oxirida – 13 650 so‘m;
- 2026 yilning oxirida – 14 300 so‘m;
- 2027 yilning oxirida – 15 000 so‘m.
So‘mning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. Xususan, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yaxshi bo‘lsa, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashadi. Aksincha, mamlakatda inflatsiya darajasi oshib ketsa, so‘mning qadri pasayadi. Tashqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
16:12 / 23.12.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 900 so‘mdan oshdi
09:49 / 17.12.2024
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – prognozlar
16:38 / 14.12.2024
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 890 so‘mdan oshdi
19:16 / 12.12.2024