Jamiyat | 19:00 / 28.12.2024
6411
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Erishilgan yutuqlar e’tirofi : Kia O‘zbekistonni maftun qilishda davom etmoqda

2024 yilning yakuniy Marketing samaradorligi reytingi natijalariga ko‘ra, Kia avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi boshqa avtomobil brendlari orasida ishonchli tarzda birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Kia

O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi tomonidan 2024 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning 357 ta brend va 32 ta agentliklarning Marketing samaradorligi reytingi e’lon qilindi. Mazkur reyting ham xalqaro, ham mahalliy tanlovlarda olingan sovrin va reyting ro‘yxatiga kiritilgan mukofotlar asosida shakllantirildi. Ushbu reyting professional yutuqlar natijalarini aks ettirdi va reklama kampaniyalari samaradorligi, bozorda pozitsiyalarni egallash va ilgari surish strategiyasini xolis baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

2024 yilda Kia brendi O‘zbekistondagi iste’molchilarning talablari va istaklarini qondirishga qaratilgan strategiyalarni amalga oshirish orqali ajoyib yutuqlarni namoyish etdi. Yangi modellarning ishga tushirilishi, xususan, mahalliy bozor talablariga moslashtirilgan, ADM Jizzakh CKD zavodida yig‘iladigan ixcham Sonet krossoveri, raqamli kommunikatsiya kanallaridan faol foydalanish va kreativ reklama kampaniyalarini o‘tkazish brendga avtomobilsozlik sanoatida yetakchi o‘rinlarni egallash imkonini berdi. Yanvar oyida Kia EV9 elektr krossoverining taqdim etilishi, elektromobillar segmentida yangi standartni o‘rnatib berdi. Fevral oyida yangi Kia Sorento krossoveri, aprel oyida esa besseller Kia Sonet sotuvlari boshlandi. May oyida Kia Carens krossveni, iyul oyida esa yangilangan Kia K5 biznes sedani taqdim etildi.

Yilning asosiy loyihalaridan biri bo‘lib milliy qadriyatlarni zamonaviy texnologiya yechimlar bilan uyg‘unlashtirgan "Yangi liderlar davri yaqinlashmoqda" shiori ostidagi kampaniyasi bo‘ldi. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan "TAF!24" festivalida Kia Sonet SUV-B toifasida "Yilning ulkan yutug‘i" deb topildi, "Yangi liderlar davri yaqinlashmoqda" radioreklamasi esa "Kumush"ga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, Kia brendi O‘zbekistonda dunyoga mashhur "Ovoz" teleko‘rsatuviga homiy sifatida chiqdi. Ushbu teleko‘rsatuvning har bir mavsum g‘olibiga Kia avtomobilining kalitlari topshiriladi.
Ijtimoiy tashabbuslar va sport tadbirlari Kia brendi faoliyatida muhim o‘rin egalladi. Kia brendi aprel oyida Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Samsarakda Kia Go avtoyurishini tashkil qildi, may oyida Qo‘qondagi “BEFIT” yugurish bo‘yicha musobaqasi, avgust oyida esa "AMIRSOY RESORT"da "BEFIT RACE 2024" musobaqasiga homiylik qildi.

2024 yilning Marketing samaradorligi reytingi natijalari shuni tasdiqlaydiki, marketing faoliyatida muvaffaqiyatga erishish brendning agentliklar va maqsadli auditoriya bilan yaqin, faol hamkorlik qilish va o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni talab qiladi. Kia brendi mijozlar ehtiyojlarini chuqur anglash, innovatsion yechimlarga sarmoya kiritish va professional hamkorlar bilan hamkorlik qilish marketing industriyasining kelajagini shakllantiradigan barqaror o‘sish va raqobatbardoshlikning asosiy elementlari ekanligini yaqqol ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda Kia avtomobil brendi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33 Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid