«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi
Qonun telekommunikatsiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda bo‘lishi mumkin.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega bo‘ladi va qonunda kafolatlangan himoyadan teng foydalanadi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo‘linadi.
Aloqa liniyasi umumiy foydalanish, idoraviy, ajratilgan, shu jumladan umumdavlat vazifalarini bajaruvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ajralmas qismidir.
Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir.
Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatga ega universal xizmatlarni litsenziya doirasida cheklanmagan tarzda ko‘rsatadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
18:15 / 07.06.2024
Telegram o‘z ichki valutasini joriy qildi
18:31 / 16.05.2024
Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi
20:32 / 13.05.2024