Jahon | 16:17 / 01.01.2025
3881
3 daqiqa o‘qiladi

Denis Shmigal: Ukrainaning mudofaa quvvati olti barobar oshdi

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda Ukraina davlat budjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi mudofaaga yo‘naltiriladi.

Foto: RBK-Ukraina

Ukraina harbiy-sanoat majmuasining imkoniyatlari olti barobar oshdi. Front uchun deyarli barcha dronlar Ukrainada ishlab chiqarilyapti.

Bu haqda bosh vazir Denis Shmigal ma’lum qildi.

«Ukraina erkin dunyoning barcha mamlakatlariga qaraganda ko‘proq o‘ziyurar artilleriya tizimini ishlab chiqaryapti. Raketa dasturi sezilarli yutuqlarga erishdi. Ukrainaning uzoq masofali qurollari yaratildi», — dedi u.

Bosh vazirning qayd etishicha, dron segmentida Ukraina ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari 96 foizdan ortiqni tashkil qiladi. «Armiya dronov» loyihasi doirasida 1,2 milliondan ortiq dron xarid qilindi.

U, shuningdek, sheriklar Ukraina Qurolli kuchlari uchun Ukraina korxonalaridan qurol sotib olayotganda, «Daniya modeli»ning muvaffaqiyatli ishini ta’kidladi. Xususan, 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ni jalb qilindi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa sohasida 800 dan ortiq davlat va xususiy kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Mingdan ortiq qurol va texnikaga foydalanishga ruxsat berilgan. Ularning yarmi Ukrainada ishlab chiqariladi.

Hukumat rahbari 2024 yilda davlat budjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi mudofaaga yo‘naltirilishini ta’kidladi.

Ukrainaning YeIga qo‘shilish jarayoniga to‘xtalib, u Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha dastlabki muzokaralar 2024 yilda boshlanganini eslatdi.

«Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Ukraina qonunchiligining Yevropa qonunchiligiga muvofiqligini tashqi tekshirish boshlandi. Birinchi muzokaralar klasteri bo‘yicha u allaqachon yakunlangan», — deya qo‘shimcha qildi Shmigal.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina, o‘z navbatida, samarali arxitektura muzokara jarayonini yaratgan. Muzokaralar doirasida ko‘zda tutilgan yo‘l xaritalari loyihalari ham tayyorlandi.

«Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar imkon qadar tezroq siyosiy qaror qabul qilishlari uchun biz barcha uy vazifalarimizni zudlik bilan bajarishga tayyormiz», — deya xulosa qildi Denis Shmigal.

Mavzuga oid