Jahon | 17:56 / 06.01.2025
17994
2 daqiqa o‘qiladi

Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslarni bekor qildi

Bekor qilingan reyslarning aksariyati Rossiya shaharlariga parvozlardir.

Foto: Qanot Sharq

O‘zbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslar, jumladan, Rossiyaga parvozlar vaqtinchalik bekor etilganini ma’lum qildi.

«Hurmatli yo‘lovchilar, 20 yanvardan 6 martgacha bo‘lgan davrda A320 samolyotlarida amalga oshiriladigan reyslar ekspluatatsiya zarurati tufayli bekor qilinganini ma’lum etamiz», deyiladi kompaniya xabarida.

Bekor qilingan reyslar qatorida Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va Moskva (Domodedovo aeroporti) o‘rtasidagi yo‘nalishlar, shuningdek, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorodga reyslar bor.

Parvozlarning to‘liq ro‘yxati aviakompaniya xabarida keltirilgan.

Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi va chiptalarni qaytarish yoki almashtirish haqida ma’lumot olish uchun call-markaz bilan bog‘lanishni tavsiya qildi.

Avvalroq, Ozarboyjonning AZAL aviakompaniyasi Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatgan edi.

Shuningdek, FlyDubai (BAA), Turkmenistan Airlines, El Al (Isroil), Qazaq Air (Qozog‘iston) aviakompaniyalari ham ma’lum muddatga Rossiyaga parvozlarni to‘xtatdi.

Mavzuga oid