Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi
Bu yil tojikistonliklar eng ko‘p ishlaydi, qozog‘istonliklar esa eng ko‘p dam oladi.
2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlari, ularning qo‘shnilari bayram va dam olish kunlarining turli miqdori bilan taqvim tayyorladi. Tengrinews qaysi davlat eng ko‘p «qizil» kunlar bilan «maqtanishi» va qaysi biri minimal dam olish bilan qolishi mumkinligini hisoblab chiqdi (ish haftasi 5 kun deb hisobga olingan).
Qozog‘iston
2025 yilda qozog‘istonliklar 244 kun ishlaydi va 121 kun dam oladi. Ular orasida eng uzoq dam olish kunlari Navro‘z bayramiga to‘g‘ri keladi: 21-25 mart. Fevral oyida qozog‘istonliklar ko‘proq ishlaydi: 20 ish kuni va 8 dam olish kuni.
Qirg‘iziston
2025 yilda qirg‘izistonliklar 247 kun ishlaydi va 118 kun dam oladi. Bayram kunlari qatoriga 30 martga to‘g‘ri kelishi kutilayotgan Ro‘za hayiti va 6 iyunda bo‘lishi kutilayotgan Qurbon hayiti ham kiritilgan.
O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar bu yil 252 kun ishlaydi va 113 kun dam oladi. Yilning eng uzun bayrami, xuddi Qozog‘istonga o‘xshab Navro‘z bayrami kunlaridir.
Tojikiston
2025 yilda tojikistonliklar eng ko‘p ishlaydi (253 kun) va eng kam dam oladi (112 kun). Bunga mamlakat qonunchiligida belgilangan standart dam olish kunlari, bayramlar va qo‘shimcha ishlamaydigan kunlar kiradi.
Turkmaniston
2025 yilda turkmanistonliklar 249 kun ishlaydi va 116 kun dam oladi. Qurbon hayiti rasmiy bayram bo‘lib, 3 kun - 6 iyundan 8 iyungacha nishonlanadi.
Boshqa qo‘shni davlatlarda vaziyat qanday?
Ozarboyjon
2025 yilda ozarboyjonliklar 239 kun ishlaydi va 126 kun dam oladi. Ulardan 105 kun an’anaviy dam olish kunlari bo‘lib, 8 kun rasmiy bayramlarga to‘g‘ri keladi.
Rossiya
Hukumat tomonidan tasdiqlangan taqvimga ko‘ra, 2025 yilda rossiyaliklar 247 kun ishlaydi va 118 kun dam oladi.
Mavzuga oid
11:46
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
22:02 / 08.01.2025
To‘qayev Qozog‘istonni atom energetikasi rivojlangan davlatga aylantirmoqchi
17:55 / 08.01.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryodagi gidropostlarni avtomatlashtirish bo‘yicha kelishib oldi
17:53 / 08.01.2025