Xitoy Rossiyaning maxfiy floti uchun portlarni yopmoqda – OAV
Rossiyaning «maxfiy floti» tankerlari neft va neft mahsulotlarini tashish bilan shug‘ullangani uchun sanksiyalar ostiga tushgan.
Xitoy AQSh sanksiyalari tufayli neft tankerlari uchun asosiy portlarni yopmoqda. Reuters agentligiga ko‘ra, sharqiy Shandun provinsiyasi cheklovlarni allaqachon e’lon qilgan.
2024 yilda Shandun porti Rossiya, Eron va Venesueladan kuniga 1,7 million barreldan ortiq neft import qilgan. Agentlikning ta’kidlashicha, bunda tankerlarning maxfiy floti katta rol o‘ynagan. Shandun porti buni rad etib kelmoqda. Xitoyning ko‘plab neftni qayta ishlash zavodlari ushbu provinsiyada joylashgan.
Xitoy portlarining yopilishi Rossiya nefti eksportiga ta’sir qilishi mumkin. Rossiya Xitoyga kuniga 1,2 million barrel neft yetkazib beradi, uning katta qismi, qariyb 80 foizi dengiz orqali o‘tadi. Cheklovlar oqibatida ta’minot kuniga 400-450 ming barrelga tushib qolishi mumkin.
2024 yil oxirida AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatida Rossiya neftini 60 dollarlik yuqori narx chegarasini buzgan holda tashigan 180 ga yaqin tanker bor edi. Ulardan 100 dan ortig‘i langar tashlashga majbur bo‘lgan.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiyaning maxfiy floti mingdan ortiq tankerlardan iborat. Reuters xabariga ko‘ra, Donald Tramp prezidentlikka kelishidan oldin Jo Bayden ma’muriyati Rossiya neftini tashuvchi yana 100 dan ortiq kemaga nisbatan sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:45
Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov
10:37
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
22:59 / 08.01.2025
WSJ: Xitoy raisi mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi
19:23 / 08.01.2025