Jahon | 10:05
4246
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya 3 mingga yaqin o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlaydi

Londonda 3 mingga yaqin saralangan o‘zbekistonlik nomzodlarni Buyuk Britaniyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Foto: AFP

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan yangi mavsumda Britaniya qishloq xo‘jaligi sohasiga o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish maqsadida Pro-Force Limited va HOPS Labour Solutions Ltd rekruting agentliklari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar natijasida joriy yil fevral oyida Pro-Force Limited agentligining Toshkentga tashrifini tashkil etish va 3 mingga yaqin saralangan nomzodlarni boshlab bosqichma-bosqich tarzda Buyuk Britaniyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, HOPS Labour Solutions Ltd kompaniyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda 14-15 yanvar kunlari o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini uchun onlayn tarzda test sinovlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid