O‘zbekiston | 08:10
4130
1 daqiqa o‘qiladi

Elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilishi mumkin

Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. 

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida 2025 yil 1 apreldan boshlab chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etiladi

Bunda:

  • tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan chiqindi va biogaz utilizatsiyasi orqali ishlab chiqariladigan hamda tashkilotlarning o‘z hududlarida o‘rnatgan shamol va quyosh elektr qurilmalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi;
  • aholining quyoshdan olingan va foydalanishda o‘z ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar belgilanadi.

Mavzuga oid