Ilon Maskning Neuralink chipi uchinchi bemorga o‘rnatildi
Kompaniya 2025 yilda yana 20-30 ta implant o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi o‘zining uchinchi bemoriga chipini joylashtirdi. Bu haqda Mask ijtimoiy tarmoqda translatsiya qilingan Las-Vegasdagi tadbir davomida ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya 2025 yilda yana 20-30 ta implant o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
2024 yil avgust oyida ikkinchi bemorga Neuralink chipi muvaffaqiyatli implantatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Tadbirkor so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi bemordagi implantning 400 ta elektrodi to‘g‘ri ishlayapti, qurilmada mingdan ortiq elektrod bor.
2024 yil yanvar oyida dunyodagi birinchi odamga miya implanti o‘rnatildi. 29 yoshli Noland Arbo umurtqa pog‘onasi shikastlangan baxtsiz hodisa oqibatida butunlay falaj bo‘lib qolgan. Arbo miyasiga Neuralink chipining o‘rnatilishi natijasida u fikr kuchi yordamida kompyuterni boshqara oldi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, texnologiya oyoq-qo‘llarini ishlata olmay qolgan odamlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
22:49 / 09.01.2025
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
21:47 / 09.01.2025
FT: Ilon Mask Kir Starmerni Britaniya bosh vazirligi lavozimidan qanday chetlatishni o‘rganmoqda
19:52 / 08.01.2025
Fransiya Yevrokomissiyani Ilon Maskka qarshi chora ko‘rishga chaqirdi
23:06 / 06.01.2025