Iqtisodiyot | 20:55 / 11.01.2025
1084
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Mas’ullar Ostona – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha qatnovni muhokama qilmoqda.

Foto: O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi

Qozog‘istonning Ostona shahrida mahalliy «Passajirskiye perevozki» va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyalari o‘rtasida yo‘lovchi tashishni rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida turistik poyezdlarning harakatlanishi bo‘yicha kelishuv imzolangan va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. Avvalroq, Qozog‘istonning «Jibek jo‘li» sayyohlik poyezdi qatnovining yo‘lga qo‘yilishi birinchi qadamlardan biri bo‘lgan edi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar, shuningdek, sayyohlik salohiyatini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladigan yangi xalqaro yo‘nalishlar, jumladan, Ostona — Samarqand yo‘nalishini ochish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqqan.

Shu bilan birga, Olmaota – Toshkent yo‘nalishidagi poyezdning harakatlanish jadvali qayta ko‘rib chiqilib, yo‘lovchilar uchun jo‘nab ketish va kelish vaqti qulay qilingan.

Qayd qilinishicha, «Olmaota-Toshkent» poyezdi o‘tgan yili 72 mingdan ortiq yo‘lovchini tashigan.

Mavzuga oid