Tayvanda orol tarixidagi eng past tug‘ilish darajasi qayd etildi
Orolda umumiy tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 kishiga 5,76 ni tashkil etmoqda - bu 2016 yildan beri ketma-ket to‘qqizinchi yillik pasayishdir.
Tayvan aholisi 2024 yilda taxminan 23,4 million kishini tashkil etdi — bu undan oldingi yilga nisbatan 20,2 ming kishiga kamroq, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilda tug‘ilishlar soni 134,8 mingga kamaygan bo‘lib, bu hisob yuritib kelingan davrdan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. Orolda umumiy tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 kishiga 5,76 ni tashkil etmoqda — bu 2016 yildan beri ketma-ket to‘qqizinchi yillik pasayishdir.
2024 yilda orol aholisining umumiy qisqarishi 202 ming kishini tashkil etgan — o‘lim darajasi 1000 kishiga 8,63 ga teng. Shu bilan birga Tayvanda turmush qurishlar soni ham qisqargan. O‘tgan yili orolda 123 ming juftlik oila qurgan bo‘lib, bu undan oldingi yilga nisbatan 2,1 mingga kam.
Oroldagi 65 yosh va undan kattalarning ulushi mintaqadagi jami aholining 19,18 foizini tashkil etgan. «Bu shuni anglatadiki, Tayvan hozirda aholisi qarigan jamiyatga aylanish arafasida turibdi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish dasturini kengaytirib, yolg‘iz odamlarni turmush qurishga urinayotgani, oilalarni bir nechta farzand ko‘rishga ishontirishning turli usullarini sinab ko‘rayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xitoy aholisi kamayib bormoqda va o‘limlar soni tug‘ilish sonidan oshib ketgan.
Mavzuga oid
17:30 / 09.01.2025
O‘zbekiston eng kam oylik maosh reytingida 113-o‘rinni egalladi
00:48 / 06.01.2025
FT: Tayvanning suvosti aloqa kabeliga shikast yetkazildi
11:14 / 02.01.2025
O‘zbekistonda 2025 yilning ilk kunida tug‘ilgan chaqaloqlar soni 1641 nafarni tashkil etdi
17:38 / 01.01.2025