Zelenskiy KXDR jangchilari asirga olinganini e’lon qildi
Ukraina rahbari bu oson bo‘lmaganini, odatda ruslar va koreyaliklar o‘z yaradorlarini yo‘q qilishini ta’kidladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Shimoliy Koreyaning ikki jangchisi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan asirga olinganini ma’lum qildi. Ular hozir Ukraina Xavfsizlik xizmatining «tergovchilari bilan muloqot qilmoqda».
«Bu vazifa oson bo‘lmadi: odatda ruslar va Shimoliy Koreya jangchilari yaradorlarni yo‘q qilishadi va Ukrainaga qarshi urushda boshqa davlat – Shimoliy Koreya ishtiroki haqida hech qanday dalil bo‘lmasligi uchun hamma choralarni ko‘radi», deb yozdi u.
Ukraina prezidenti, asirlardan biriga tegishli bo‘lgan harbiy guvohnoma fotosuratini ham chop etdi. Hujjat Rossiyaning Tuva hududida 1998 yilda tug‘ilgan Aranzin ismli askarniki ekani ko‘rinadi.
2024 yil 29 dekabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta shimoliy koreyalik jangchi yarador holda asirga olinganini e’lon qildi. Keyinroq asir vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
Ukraina va Janubiy Koreya rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga yordam uchun 10 ming harbiy yuborgan, Moskva va Pxenyan va bu askarlar urushda qatnashyotganini tasdiqlamagan va rad etmagan ham.
Mavzuga oid
15:44
Ukraina mudofaa vaziri 2025 yilga mo‘ljallangan harbiy maqsadlarni sanadi
11:39
Ukraina Rossiyadagi o‘q-dorilar va dronlar omboriga zarba berdi
07:50
Armiyadan qochish - Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat
15:22 / 10.01.2025