Jahon | 18:19 / 12.01.2025
4211
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda dorboz ikki osmono‘par bino orasidan o‘tdi

Estoniyalik Yaan Ruse ikki osmono‘par bino o‘rtasida 100 metrlik yo‘lni bosib o‘tdi.

Foto: wam.ae

Sleklayn (tarang tortilmagan arqon ustida yurish) bo‘yicha uch karra jahon chempioni, estonyalik Yaan Ruse Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ikki osmono‘par bino orasiga cho‘zilgan 100 metrlik arqon bo‘ylab yurdi. Bu haqda Emirates News Agency xabar berdi.

Arqon Jumeirah Emirates Towers osmono‘par binolari orasidan 224 metr balandlikda tortildi. Ruse u bo‘ylab ikki marta - bir minoradan ikkinchisiga va orqaga qarab yurishga muvaffaq bo‘ldi.

Estoniyalik sportchi 33 yoshga to‘lishini shu tarzda nishonladi.

Mavzuga oid