Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAAga uchib ketdi
Tashrif dasturiga muvofiq, Abu-Dabi shahrida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon taklifiga binoan 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston prezidenti «Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi» xalqaro sammitida ham ishtirok etadi.
Shuningdek, davlat rahbari Dubay shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mavzuga oid
16:52
“Yashil” taraqqiyot O‘zbekistonda umummilliy harakat darajasiga ko‘tarildi – Mirziyoyev
14:06
Prezident maktabi o‘quvchilari Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi
11:45
Baxtiyor Saidov BAA tashqi ishlar va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
22:44 / 13.01.2025