Germaniya Kiyevga 2024 yil uchun yakuniy harbiy yordam paketini topshirdi
Berlin Kiyevga Leopard 1 tanklari, Marder piyodalar jangovar mashinalari, bronetransportyorlar va boshqa harbiy yordamni yetkazib berish jarayonida, bu haqda qaror o‘tgan yil oxirida qabul qilingan, dedi mudofaa vaziri Pistorius DW nashriga.
Germaniya hozirda 2024 yilda tasdiqlangan oxirgi harbiy yordam paketlaridan birini o‘zini Rossiya bosqinidan himoya qilayotgan Ukrainaga uzatmoqda. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 14 yanvar, seshanba kuni Kiyevda DW muxbirining savoliga javoban aytib o‘tdi.
Germaniya vazirining so‘zlariga ko‘ra, ushbu paket doirasida Kiyev Leopard 1A5 asosiy jangovar tanklari, Marder piyodalar jangovar mashinalari, bronetransportyorlar va boshqa qurollarni oladi. Pistorius, shuningdek, Ukrainaning hamkorlari butun dunyo bo‘ylab Leopard 1 tanklarini sotib olayotganiga, so‘ng ular turli kompaniyalar tomonidan ta’mirlanib, Ukraina Qurolli kuchlariga topshirilayotganiga e’tibor qaratdi.
«Bu mumkin bo‘lsa, bu sodir bo‘ladi», deb qo‘shimcha qildi Pistorius. Shu bilan birga, Leopard 2A4 tanklari allaqachon Ukrainaga yetkazilgan, dedi u.
Pistorus Ukrainaga harbiy yordamni oshirish haqida
O‘sha kuni ertalab Boris Pistorius Kiyevda Germaniya rasmiylari Polsha, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya bilan AQShda hokimiyat almashganidan keyin Ukrainaga harbiy yordamni oshirish masalasini muhokama qilayotganini aytdi. «Beshlik guruhi»ning birinchi yig‘ilishi o‘tgan yilning noyabr oyida Berlinda bo‘lib o‘tgan, keyingisi esa Parijda bo‘lib o‘tadi, dedi u.
Muhokamaning asosiy yo‘nalishlari qatorida u Ukrainadagi mudofaa qo‘shma korxonalari imkoniyatlarini kengaytirish, Yevropa davlatlari va Ukraina o‘rtasidagi hamkorlik darajasini oshirish, bir-biridan ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishni qayd etdi.
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina o‘zini himoya qilish orqali Yevropani, umumiy qadriyatlarni, demokratiya va erkinlikni ham himoya qilayotganini ta’kidladi. «Harbiy xizmatchilarimiz qaysi joyda bo‘lishidan qat’i nazar, hammani himoya qiladi. Menimcha, bu eng muhimi. Va o‘ylaymanki, ertaga o‘zimizni qanday himoya qilish haqida o‘ylashimiz kerak», dedi u.
Mavzuga oid
22:13 / 15.01.2025
Germaniya Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog‘idan ketdi
11:12 / 15.01.2025
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW
11:24 / 13.01.2025
Sun’iy idrok ko‘krak bezi saratonini an’anaviy skriningdan yaxshiroq aniqlay oldi
10:04 / 13.01.2025