Iqtisodiyot | 09:30
652
2 daqiqa o‘qiladi
2024 yilda o‘zini o‘zi band qilganlar soni 76,5 foizga ko‘paydi
Davlat soliq qo‘mitasi 2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4,4 mln nafardan oshganini ma’lum qildi.
Davlat soliq qo‘mitasi 2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4,4 mln nafardan oshganini ma’lum qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76,5 foizga (1,9 mln nafarga) ko‘p hisoblanadi.
Yil davomida sohalar kesimida o‘sish quyidagicha bo‘lgan:
- maishiy xizmatlar — 104,3 foiz (+976 ming nafar, 2025 yil 1 yanvar holatiga 1 mln 912 ming nafar);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 94,6 foiz (+203,1 ming nafar, 417,8 ming nafar);
- axborot-kommunikatsiya — 87 foiz (+55,7 ming nafar, 119,7 ming nafar);
- ijtimoiy yo‘nalishdagi xizmatlar — 55,9 foiz (+178,2 ming nafar, 496,9 ming nafar);
- qishloq xo‘jaligi xizmatlari — 53,6 foiz (+386 ming nafar, 1 mln 106,5 ming nafar);
- sanoat xizmatlari — 49,6 foiz (+138,9 ming nafar, 418,9 ming nafar).
O‘zini o‘zi band qilganlarning 58 foizi erkaklar, 42 foizi esa ayollar hisoblanadi.
Hududlar kesimida eng ko‘p o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar Samarqand viloyatida (508,1 ming nafar) ro‘yxatdan o‘tgan.
Mavzuga oid
17:17 / 15.01.2025
Eng ko‘p soliq to‘lagan davlat va xususiy kompaniyalar o‘ntaligi ma’lum qilindi
18:19 / 07.12.2024
Yoshlarga Work & Travel dasturlari xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
16:18 / 29.11.2024
O‘zbekiston mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar aniqlandi
07:50 / 02.11.2024