KXDR chet ellik turistlar uchun o‘z chegaralarini ochdi
Shimoliy Koreya Rossiya va Xitoy chegarasida joylashgan Rason erkin iqtisodiy zonasiga chet elliklarning tashrif buyurishiga ruxsat berdi. Faqat AQSh va Janubiy Koreya fuqarolari mamlakatga kiritilmaydi.
Shimoliy Koreya chet ellik turistlar uchun mamlakat shimoli-sharqida Rason maxsus iqtisodiy zonasini ochdi. Bu haqda Xitoyning Young Pioneer Tours turoperatori xabar berdi.
Turoperator saytida aytilishicha, bugundan boshlab erkin iqtisodiy zona chet elliklar tashrif buyurishi uchun rasman ochilgan. Turagentlik KXDRdagi sheriklarining so‘zlariga tayanmoqda.
Turoperator ma’lumotiga ko‘ra, Rason shahri AQSh va Janubiy Koreya fuqarolaridan boshqa dunyoning barcha nuqtalaridan bo‘lgan turistlarga chegaralarini ochadi. «Xitoylik mehmonlar zonaga birinchi bo‘lib tashrif buyurishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
16 yanvar kuni Xitoy va Ispaniyaning uchta turoperatori xorijlik turistlar endi Shimoliy Koreya Rossiya va Xitoy chegarasidagi Rason erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurishlari mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma olganini bildirgan.
Agentlik tayangan turoperatorlardan biri Ispaniyada joylashgan, qolgan ikkitasi esa, jumladan, Young Pioneer Tours Xitoyga tegishli.
Mavzuga oid
18:45 / 16.01.2025
Yapon jurnalistlari Moskvadagi G‘alaba paradida KXDR harbiylari ham ishtirok etishini ma’lum qildi
16:53 / 15.01.2025
«Urushgamas, mashg‘ulotga». Asir tushgan shimoliy koreyaliklar haqida nimalar ma’lum?
18:35 / 12.01.2025
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yo‘qotishga uchrashganini aytishdi
10:14 / 12.01.2025