Pavel Durov rossiyalik muxolifatchilarning Telegram’dagi akkauntlari buzilishida Rossiya maxsus xizmatlarini gumon qilmoqda
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov rossiyalik muxolifatchilar Georgiy Alburov va Oleg Kozlovskiyning akkauntlari buzib kirilishiga Rossiya maxsus xizmatlari aloqador bo‘lishlari mumkinligini aytdi. Bu haqda "Exo Moskvy" xabar bermoqda.
Durov kechasi yuz bergan buzib kirish qandaydir sabablarga ko‘ra operatordan keladigan, ichida tasdiqlash kodi bo‘lgan sms-xabarsiz bo‘lgani sababli bunday xulosaga kelgan.
MTS kompaniyasi matbuot xizmatida xizmatlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘chirilishga aloqadorliklari rad etildi va buzib kirishning sabablaridan biri sifatida virus hujumi bo‘lgani yoki veb-interfeys orqali akkauntga kirishga ruxsat olingani, deb taxmin qilingan.
"Ko‘rinishicha, Rossiya maxsus xizmatlari aloqa operatorlariga avtorizatsiya sms-kodini ushlashni amalga oshirishlari uchun bosim o‘tkazishni boshlashgan", deb ta'kidlab o‘tdi Durov blogida.
Durov, shuningdek, akkauntni buzib kirish ehtimolidan himoyalanish uchun ikki faktorli avtorizatsiyadan foydalanishni tavsiya qildi.
Avvalroq Georgiy Alburov va Oleg Kozlovskiy o‘zlarining Telegram’dagi akkauntlari buzib kirilganini aytishgan. Keyinroq akkauntlarga Nyu-Yorkdagi bir IP-adresdan kirilgani ma'lum bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
20:04 / 26.11.2024