Sport | 20:37 / 08.05.2016
4738
1 daqiqa o‘qiladi

"Seltik" ketma-ket 5 marta Shotlandiya chempioni bo‘ldi

Glazgoning "Seltik" futbol klubi o‘z maydonida "Aberdin"ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket 5 marta mamlakat chempioni unvonini o‘ziga ta'minlab qo‘ydi.

83 ochko to‘plagan glazgoliklar chempionat tugashiga 2 tur qolganda 2-o‘rinda borayotgan "Aberdin"dan 12 ochko oldinda bormoqdalar.

Bu "Seltik" uchun tarixdagi 47-chempionlik unvoni bo‘ldi. Biroq jamoa bu ko‘rsatkich bo‘yicha yangi mavsumda 4 yildan keyin yana oliy dvizionga qaytadigan "Reyndjers"nikidan 7 ta kamroqdir.

Mavzuga oid