Jahon | 11:20 / 18.05.2016
10717
1 daqiqa o‘qiladi

18 may: tarix sahnasida...

18 may— Joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 138-kuni. Bugun—xalqaro muzeylar kuni.

Voqealar:

1993 yil. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avikompaniyasi navbatdagi “Bankok-Toshkent” yangi xalqaro marshrutini ochdi.

1642 yil. Monreal shahriga asos solindi.

1848 yil. Frankfurtda ilk bor umumgerman parlamenti ochildi.

2005 yil. Rossiyaning TsSKA Moskva futbol jamoasi UYeFA Kubogini qo‘lga kiritdi.

2008 yil. Rossiya terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. 

TAVALLUDLAR

1525 yil—Ingliz shoiri va dramaturgi Jorj Gaskoyn,
1912 yil—Amerikalik kinorejissyor, «Oskar» mukofoti sohibi Richard Bruks,
1957 yil—Rumin musiqachisi, «ENIGMA» loyihasi yetakchisi Mishel Kretu 
1978 yil—Portugaliyalik futbolchi Rikardu Karvalyu.

Mavzuga oid