Jamiyat | 09:43 / 04.07.2016
35430
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Moskva viloyatida kelin o‘z to‘yida cho‘kib ketdi

Moskva viloyati Klyazma havzasida 32 yoshli kelin o‘z to‘yi kuni cho‘kib ketdi. Bu haqida viloyat huquqni muhofaza qilish organi ma'lumotiga asoslanib, "360" telekanali xabar qildi. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 2 iyul kuni kechqurun taxminan 20-25 kishi to‘yning ikkinchi kunini nishonlash uchun to‘planishdi. 

Yig‘ilganlar avval spirtli ichimliklardan ichishdi, so‘ngra bir qirg‘oqdan ikkinchisiga qarab suzishga qaror qilishdi. 

Qirg‘oqqa yetishiga bir necha metr masofa qolganida, kelin cho‘ka boshladi, yonida suzib ketayotgan dugonasi uni qutqara olmadi. 

Kelinning yaqinlari uni qidirib, topa olishmadi, shu bois yoshlar FVVni chaqirishga majbur bo‘lishdi. 

3 iyul kuni ertalab g‘avvoslar kelinning jasadini topishdi. Qutqaruvchilar bu hovuzda suzish taqiqlanganini ma'lum qilishdi. 
 

Mavzuga oid