Mustaqillik bayrami nishonlanayotgan kuni Hyustonda otishma sodir bo‘ldi
AQShning Hyuston shahri (Texas shtati) markaziga yaqin joyda bo‘lib o‘tgan otishma natijasida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi, shu jumladan 10 yoshli bola jarohat oldi. Bu haqida ABC telekompaniyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, otishma 4 iyul, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00da sodir bo‘lgan. Fojiaga ikki guruh o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan, nizo paytida ishtirokchilardan biri o‘q uzgan. Otishma natijasida 4 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan 2 nafari shu yerda hayotdan ko‘z yumgan.
10 yoshli bolaning hayoti hozircha xavf ostida emas. 30 yoshli yarador kishining ahvoli haqida qo‘shimcha ma'lumotlar yo‘q.
Politsiya mazkur jinoyat yuzasidan tergov ishini olib bormoqda. Tafsilotlar o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
16:47 / 17.12.2024
AQSh maktabidagi otishmada o‘qituvchi va o‘quvchilar halok bo‘ldi
10:32 / 17.12.2024
Viskonsindagi maktabda yuz bergan otishmada uch kishi halok bo‘ldi
14:21 / 10.12.2024