Jahon | 13:53 / 09.07.2016
14821
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston hukumatini egallab olishga urinish bo‘yicha tergov ishlari poyoniga yetdi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining xabar qilishicha, tadbirkor To‘xtar Tuleshovga nisbatan tergov jarayoni yakunlangan. U, mamlakat  hokimiyatini kuch ishlatish yo‘li bilan egallab olishga uringanlikda gumon qilinayapti. 

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Tuleshov o‘zining g‘arazli rejasini amalga oshirish maqsadida huquq-tartibot organlari, qurolli kuchlar harbiy qismlari qo‘mondonligining sobiq va amaldagi rahbarlari orasidan tarafdorlar qidirgan. 

Bundan tashqari, Tuleshov va uning gumashtalari transmilliy jinoiy jamiyatni moliyalashtirish, uyushgan jinoiy guruhni boshqarish, qotilliklar, odamlarni o‘g‘irlash va bosqinchiliklarni tashkil etishda ayblanmoqda. 

Tadbirkor, 30 yanvar kuni, politsiyaning  Chimkentda o‘tkazgan maxsus amaliyoti chog‘ida qo‘lga olingan edi. 


 

Mavzuga oid