Jahon | 15:12 / 11.07.2016
6012
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston o‘z fuqarolarining Istanbul teraktiga aloqasini tasdiqlaganicha yo‘q

© AFP

Rasmiy Bishkek o‘z fuqarolarining Istanbul aeroportida sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorligini rasman tasdiqlagani yo‘q. Qirg‘iziston prezidenti devoni rahbarining o‘rinbosari Sapar Isoqov, jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, shu haqda ma'lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni Turkiyaning Ataturk xalqaro aeroportiga kiraverishda, chiqishda va avtoturargohda sodir etilgan uch portlashda 44 kishi qurbon bo‘lgan, 239 nafar odam yaralangan edi. Halok bo‘lganlarning 19 nafari xorijlik fuqarolar bo‘lgani aytilgandi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qo‘poruvchiliklarga aloqadorlikda gumon qilinib, 30 kishi hibsga olinganini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fojiaga Dog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari aloqador. 

Isoqov, qirg‘iz fuqarolarining fojiada ishtirok etganini tasdiqlash imkoni hozircha yo‘qligi, buni aniqlash bo‘yicha qonuniy aniqlash jarayoni olib borilayotganini aytgan. 

Uning aytishicha, "qachonki aniq ma'lumot ko‘lga kiritilsa, respublika IIV matbuot brifingi o‘tkazadi".


 

Mavzuga oid