Light | 12:17 / 19.07.2016
36147
2 daqiqa o‘qiladi

Dronlar tomonidan muhrlangan eng chiroyli suratlar

Dronlar tomonidan suratga olingan eng chiroyli rasmlarga bag‘ishlangan National Geographic Dronestagram xalqaro tanlovi uchinchi marotaba sarhisob qildi. Loyiha saytidagi axborotga ko‘ra, tashkilotchilar "qush parvozi balandligidan dunyo xaritasini yaratish"ga harakat qilishmoqda. Tanlovda jami 6 mingdan ortiq surat ishtirok etdi, ishtirok uchun asosiy shart esa -  uchuvchisiz havo qurilmasidan olingan surat. Hakamlar hay'ati uchta yo‘nalishda uch g‘olibni tanlab oldi: "Sport va sarguzasht", "Tabiat", "Sayohat".

Assizidagi San-Franchesko cherkovi, Italiya ("Sayohat" yo‘nalishida 1-o‘rin)

Keybl-Bich sohili, Avstraliya ("Sayohat" yo‘nalishida 2-o‘rin)

Gran-Kanariya orolidagi sohil ("Sayohat" yo‘nalishida 3-o‘rin)

Moab shahri atrofidagi tog‘lar, Yuta shtati, AQSh ("Sport va sayohat" yo‘nalishida 1-o‘rin)

Norte-de-Santanderdagi sport majmuasi, Kolumbiya ("Sport va sayohat" yo‘nalishida 2-o‘rin)

Chugach tog‘ tizmasi, Alyaska shtati, AQSh ("Sport va sayohat" yo‘nalishida 3-o‘rin)

Nestveda shahri yaqinidagi o‘rmon, Daniya ("Tabiat" yo‘nalishida 1-o‘rin)

Marpoda shahri atrofidagi qo‘ylar suruvi, Ruminiya ("Tabiat" yo‘nalishida 2-o‘rin)

Hind okeanidagi Reyunon orolida vulqonni ko‘rinishi ("Tabiat" yo‘nalishida 3-o‘rin)

Mavzuga oid