Isinbayeva: CAS qarori yengil atletikani dafn etish bilan barobar
Langarcho‘pda balandlikka sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Yelena Isinbayevaning fikricha, Sport hakamlik sudi (CAS)ning Rossiya Olimpiya qo‘mitasi arizasini rad etish to‘g‘risidagi qarorini yengil atletikani dafn etishga qiyoslasa bo‘ladi.
Avval xabar berilganidek, CAS ROQ va 68 nafar rossiyalik yengil atletlarning IAAF qarori ustidan bergan murojatini rad etdi.
"Sporchining qiladigan ishi – me'yorni bajarish, test topshirish va qatnashishdir. Yengil atletikani ko‘mganlarga rahmat. Bu shunchaki siyosiy buyurtma. Chunki barcha ayblovlar Rossiya yengil atletika federatsiyasiga qarshi qaratilgan, sportchilarga nisbatan aniq bir dalil yo‘q. "Buyurtma"ligi ko‘rinib turibdi", - degan Isinbayeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik yengil atletlar CAS qaroridan so‘ng, faqatgina XOQ (Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi)dan umid qilishlari mumkin.
"XOQ o‘z qarorini qabul qilish huquqiga ega, - degan Isinbayeva. – Ular, yana XOQ alohida sportchilar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishi mumkin, deyish bilan sportchilarda umid qoldirishdi. Shunga ko‘ra, yana takrorlayman, so‘nggi so‘zni XOQ rahbari Tomas Bax aytadi".
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024