YUNISEF: Jahon bo‘yicha qizlarning har o‘n nafaridan biri jinsiy zo‘rlikka uchramoqda
BMTning bolalar fondi (YUNISEF)ning tasdiqlashicha, jahon bo‘yicha 120 mln qiz umri davomida bir marta bo‘lsada jinsiy zo‘rlikka uchraydi.
YUNISEFning fikricha “bu holatlar qizlarga nisbatan bu kabi munosabatlarni yetarlicha jazolashga qaratilmagan madaniyatlar bilan bog‘liq”. "Jahon bo‘yicha 120 million qiz – har o‘n nafardan biri – jinsiy zo‘rlikka duch kelmoqda. Ularning aksariyati bu holatga 15-19 yoshida tushmoqda", - dedi YUNISEFning ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Anju Malxotra.
BMT bahosiga ko‘ra, 35 foiz xotin-qiz jinsiy zo‘rlikka uchraydi. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, zo‘rlik qurboniga aylangan ayollar ikki baravar ko‘p abort qildirishadi, ko‘p depressiyaga tushishadi, ayrim hududlarda esa OIVga 1,5 marta ko‘p chalinishadi.
Erkaklar orasida esa bu holat 6 foizni tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
12:20 / 05.12.2024
“Isroil BMT bilan himoyalanib, genotsid uyushtirmoqda” - Francheska Albaneze
17:18 / 03.12.2024