Jahon | 14:28 / 23.07.2016
25221
1 daqiqa o‘qiladi

Parij olov qurshovida: bir kechaning o‘zida 12ta avtomobil yondirildi

Parij yaqinidagi Val-d’Uaz shahri bu tun olov qurshovida qoldi. Bu yerda tunda bir necha binolarga o‘t qo‘yildi, shuningdek ko‘chalarda turgan 12ta mashina yoqib yuborildi. Bu haqida Rossiya 24 kanali ma'lum qildi. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, bu tartibsizliklarni kamida 50 kishi amalga oshirgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari tongga qadar ularni qo‘lga olishga harakat qilishdi. 

Manbaga ko‘ra, tartibsizliklar qora tanli yosh yigitning politsiya xodimilari tomonidan o‘ldirilganligi haqidagi xabar tarqalganidan keyin yuzaga kelgan. 

Parij atrofidagi shaharchalarda yong‘inlarning yuzaga kelishi – birinchi marta emas. 2005 yilda politsiyadan yashirinishga harakat qilgan Shimoliy Afrikadan chiqqan ikki o‘smirning o‘limi natijasida ham xuddi shunday yong‘inlar yuzaga kelgan. 
 

Mavzuga oid