Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
Sergeli tumanida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi.
19 dekabr kuni Toshkent shahrining Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari chorrahasida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi.
Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berishicha, xabar soat 11:51 da kelib tushgan, voqea joyiga ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaj jo‘natilgan. Ular soat 11:55 da yetib borgan va yong‘in soat 11:57 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.
18 dekabr kuni Yunusobod tumanida 169-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘lgandi. «Toshshahartransxizmat» xabar berishicha, bunga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024
Farg‘ona shahri markazida gaz chiqishi ulkan olovni keltirib chiqardi
09:04 / 14.12.2024