Jamiyat | 11:44 / 27.07.2016
18791
1 daqiqa o‘qiladi
Manhetten markazida o‘tov-mehmonxona paydo bo‘ldi: bir kecha tunash 2 ming dollar
Nyu-York shahrida paydo bo‘lgan yuqori toifali o‘tov-mehmonxonada bir kecha uchun har bir mehmondan 2 ming dollar pul olinadi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ochiq osmon ostidagi noodatiy nomer Manhetten markazidagi mehmonxonaning 17-qavatida joylashgan. O‘tov atrofida chiroqlar o‘rnatilgan bo‘lib, mebellar bilan jihozlangan.
Dam oluvchilarga xonada gulxan yoqishga ham izn berilgan.
Loyiha mualliflarining aytishicha, o‘tov ovoz va shovqin o‘tkazmaydigan usulda qurilgan. Bu mehmonlarga “uyqu bilmas shahar” shovqin-suronidan dam olishga imkoniyat beradi.
Mavzuga oid
12:36 / 06.12.2024
Manhettenda shov-shuvli qotillik: gumonlanuvchining aniqroq surati paydo bo‘ldi
14:10 / 26.07.2023
«Insonlar orasidagi iblis» – Gilgo bichdagi seriyali qotilliklar gumondori ushlandi
18:20 / 11.12.2017
Nyu-Yorkda portlash ro‘y berdi, bir necha kishi jarohatlandi
17:00 / 02.11.2017