Jahon | 09:30 / 28.07.2016
6020
1 daqiqa o‘qiladi
WikiLeaks Demokratik partiya serverlaridan o‘g‘irlangan audioyozuvlarni e'lon qildi
Turli maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilishga asoslangan WikiLeaks sayti AQShning demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasining serverlaridan olingan audioyozuvlarni omma e'tiboriga havola etdi. Bu haqda, WikiLeaks o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
«E'lon: Demokratik partiya qo‘mitasi audioyozuvlari», — deyiladi WikiLeaks qisqa xabarida.
Bu ma'lumotlar Qo‘mita serverlariga uyushtirilgan xakerlik hujumlari oqibatida qo‘lga kiritilgan.
Avvalroq, WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj Rossiyaning AQSh demokratlarining maktublari oshkor bo‘lishiga aloqasi yo‘qligini aytgan edi.