Jahon | 11:09 / 01.08.2016
5324
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Xitoyda tayfun tufayli favqulodda holatga yuqori tayyorgarlik rejimi e'lon qilindi

Illyustrativ surat / south-insight.com

Xitoyning janubiy sohillariga yaqinlashib kelayotgan “Nida” tayfuni tufayli Xunan, Guandun, Guychjou va Yunnan provinsiyalari, shuningdek Guansi-Chjuan avtonom hududida favqulodda holatga yuqori tayyorgarlik rejimi e'lon qilindi. Favqulodda holat rejimiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari XXR fuqarolik ma'muriyat vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. 
Mahalliy hukumatlarga tayfunning harakatini kuzatish va vaziyatning o‘zgarishi haqida aholini o‘z vaqtida xabardor qilish vazifasi yuklatilgan. Tabiiy ofatlar bilan kurashish bo‘yicha davlat idorasi, o‘z navbatida, tahdid xavfi bo‘lgan hududlar aholisiga bir kundan uch kungacha muddatga barcha zarur narsalarni g‘amlab, tayfun o‘tgunga qadar uydan chiqmaslikni maslahat berishdi. 
2 iyul, seshanba kuni Guandun provinsiyasiga tayfun kelishi kutilmoqda. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, tayfun zonasida shamol tezligi soniyasiga 38-45 metrgacha ko‘payishi mumkin. 
 

Mavzuga oid