Fan-texnika | 19:05 / 16.08.2016
12706
3 daqiqa o‘qiladi

Jyeremi Klarkson 10ta eng yaxshi mashinalar ro‘yxatini e'lon qildi

Top Gear teleshousining sobiq boshlovchisi Jyeremi Klarkson so‘nggi 12 oy mobaynida o‘zi boshqarib ko‘rgan eng yaxshi mashinalar ro‘yxatini e'lon qildi. Sobiq boshlovchining reytingi The Sunday Times gazetasida chop etildi. 

«Agar avtomobil har safar unga o‘tirganingizda sizning hissiyotlaringizni junbushga keltirmasa, unda bu mashina shunchaki harakatlanish vositasi xolos. Axir, bu borada avtobusdan ham foydalansa bo‘ladi», — deb yozgan Klarkson o‘z maqolasida.

Shunday qilib, e'tiboringizga Jyeremi Klarkson tasnifi bo‘yicha 10ta eng yaxshi mashina ro‘yxatini havola etamiz:

1.  Alfa Romeo 4C
            Klarkson bahosi — olti yulduz

2.  Mazda MX-5 2.0 Sport Recaro
            Klarkson bahosi — besh yulduz

3.  Vauxhall Zafira Tourer 1.6 CDTi Tech Line
             Klarkson bahosi — besh yulduz 

4.  Mercedes-AMG GT S
            Klarkson bahosi — to‘rt yuduz

5.  Ford Focus RS
            Klarkson bahosi — to‘rt yulduz

6.  Ford Mustang Fastback 5.0 V8 GT
            Klarkson bahosi — to‘rt yulduz 

7.  Volvo XC90 D5 AWD
            Klarkson bahosi — to‘rt yulduz 

8.  BMW M2
            Klarkson bahosi — to‘rt yulduz 

9.  Ferrari 488 GTB
            Klarkson bahosi — to‘rt yulduz 

10.  Lambroghini Aventador
            Klarkson bahosi — to‘rt yulduz 

Jyeremi Klarkson 2015-yil mart oyida Top Gear shousidan chetlashtirilgan edi. Bunga, dasturning prodyuserlaridan biri bilan kelisholmay qolgani sabab bo‘lgandi. Mojarodan so‘ng, Top Gear ko‘rsatuvining mualliflik huquqiga ega bo‘lgan BBC telekompaniyasi jurnalist bilan shartnomani uzaytirmadi.

Mavzuga oid