Fan-texnika | 17:28 / 30.12.2018
14335
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur teleboshlovchi Jyeremi Klarkson yilning eng yaxshi avtomobillari nomini ma'lum qildi

The Grand Tour shousi boshlovchisi Jyeremi Klarkson yilning eng yaxshi besh avtomobili nomini ma'lum qildi. U Britaniyaning Sunday Times nashri uchun tayyorlagan reytingida 28ta avtomobilni sinovdan o‘tkazib, ular orasidan eng yaxshilarini tanlab oldi.

Foto: The Sunday Times

Klarkson ro‘yxatida birinchi o‘rinni Lamborghini Huracan Performante sportkari egalladi. Boshlovchi Sunday Times Motor Awards mukofotini topshirish marosimida bu avtomobilni yil avtomobili deb e'lon qildi.

Lamborghini Huracan Performante

Keyingi o‘rinda Porsche 911 GT2 RS kupesi joylashdi. Klarkson uni «hech qachon Porsche muxlisi bo‘lmagan inson» tomonidan yuqori bahoga sazovor bo‘lgan «ajoyib avtomobil» deb atadi.

Porsche 911 GT2 RS

Ro‘yxatdan o‘rin olgan navbatdagi avtomobil Alpina B5 sedani bo‘ldi. Jyeremining so‘zlariga ko‘ra, bu avtomobil «ideal mashina unvoniga sazovor bo‘lishga juda yaqin» kelgan.

Alpina B5

Shuningdek, Aston Martin Vantage superkari va Bentley Continental GT avtomobili yilning eng yaxshi avtomobillari ro‘yxatidan joy oldi.

Aston Martin Vantage
Bentley Continental GT

The Grand Tour shousining yangi mavsumi 18 yanvarda efirga uzatiladi.

Mavzuga oid