Sport | 11:35 / 18.08.2016
15820
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik suzuvchilarga Braziliyani tark etish man qilindi

Braziliya sudi qaroriga ko‘ra, amerikalik suzuvchilar Rayan Loxte va Jimmi Felgenga mamlakatni tark etish taqiqlangan. Bu haqda Reuters xabar taqratdi.

Bu qarorga sportchilarning Rio-de-Janeyroda Olimpiada o‘yinlari chog‘ida bir-biriga zid ko‘rsatmalar bergani sabab bo‘lgan.

Bundan oldinroq 4x200 metrga kompleks usulda estafeta suzishda Rio–2016 Olimpiadasining chempioni Rayan Loxtening o‘z jamoadoshlari  Gunnar Bents, Jyek Konger va Jimmi Felgen bilan birga Rio-de-Janeyro shahrida tunab ketilgani haqida xabar berilgandi. Suzuvchilardan biri politsiyachilar kiyimidagi shaxslar talonchilikni amalga oshirgani haqida aytgandi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Loxte AQShga qaytishga ulgurgan, Felgenning qayerdaligi aytilmagan.

Mavzuga oid