Jamiyat | 09:02 / 26.09.2016
12306
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Bir ayol 3 talonchiga qarshi

AQShning Jorjiya shtatida qurollangan talonchilar xususiy uyni tunash maqsadiga erisha olmadi. Mamlakatda qurolga egalik qilish huquqi mavjudligi ularning "suvdan quruq chiqishi"ga imkon bermadi.

Kuzatuv kamerasiga tushirilgan video YouTube’da mahalliy Gwinnett Daily Post nashri tomonidan e'lon qilingan. Unda 3 kishi o‘g‘rilikka tushgani, ammo ularni uy egasi haydab yuborganini ko‘rish mumkin.

Ayol restoran egasi bo‘lib, kamera o‘rnatilgan xona ombor sifatida foydalanilgan. U jinoyatchilarni sezgani hamon ularga qarata o‘t ochgan, so‘ng 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Uyda undan tashqari bir erkak bo‘lgan, u jarayon oxirida chiqib keladi. Talonchilardan biri keyinroq olingan jarohat oqibatida olamdan o‘tgan.

Mavzuga oid