Tramp shtabi boshlig‘i o‘z lavozimini tark etdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning shtabi boshlig‘i Pol Manafort o‘z lavozimidan ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Bugun ertalab Pol Manafort saylovoldi shtabi boshlig‘i lavozimidan ketishni so‘radi va men uni ma'qulladim", deb aytildi Tramp bayonotida.
Tramp Manafortga ishi, yordami uchun minnatdorchilik bildirgan. Milliarder uni o‘z ishi ustasi deb atagan va unga omad tilab qolgan
Avvalroq The New York Times gazetasi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning maslahatchisi bo‘lgan Manafort 2007 yildan 2012 yilgacha Ukrainadan yashirin tarzda 12,7 mln dollar olgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Keyinroq Ukraina milliy aksilkorruptsion byurosi Manafortga Yanukovich partiyasidan pul to‘langani haqidagi hujjatlarni chop etgandi.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024