Jahon brendlari nima uchun o‘z nomlaridan A, B va O harflarini olib tashlashdi
Jahonning eng yirik brendlari va hattoki ba'zi shaharlar donorlik hamda qon yetishmovchiligi muammolariga diqqatni qaratishga bag‘ishlangan xalqaro aksiyaga qo‘shilib, vaqtinchalik o‘z nomlaridan A, B, O harflarini olib tashlashdi. Bu haqida Mashable ma'lum qildi.
#MissingType xeshtegi ostida o‘tayotgan aksiyani Britaniyaning Engine Group PR-agentligi London qon quyish markazi bilan hamkorlikda o‘ylab topdi. U 16-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, aksiyaga 21 davlat hamda dunyoning eng yirik donorlik markazlari jalb qilingan.
Kampaniyada ishtirok etish uchun uning mualliflari qatnashchilardan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z nomlaridan vaqtinchalik A, B, O harflarini (qon guruhlarining xalqaro belgilari) olib turishni so‘rashgan.
Kampaniyaning rasmiy shiori: "A, O va V'siz biz hech kimmiz. Bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam bering".
Ushbu harakatga yirik xalqaro korporatsiyalar qo‘shilib, o‘z nomlari va logotiplaridan shu uch harfni olib tashlashdi.
Mavzuga oid
21:06 / 14.12.2024
Xitoy xalqaro brendlar uchun ortiq imkoniyatlar mamlakati emasmi?
20:41 / 09.10.2024
Turkiy davlatlar transplantatsiya bo‘yicha yagona axborot tizimini yaratadi
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
09:00 / 17.08.2024